Dasturchilar yolg'iz amaliy tajriba (masalan, onlayn kurs o’qish) bilan ishga joylashsa bo'ladimi yoki ular universitetda “Computer Science” o’qishlari kerakmi ?
Bu yerda bir nechta narsani ta'kidlash kerak.
Birinchidan, universitetda kompyuter fanlari (CS) darajasiga ega bo'lishiz sizni yaxshi dasturchi qilib qo’ymaydi. Tajribali dasturchi T. Buchalka shunday deydi: “O'tgan yillar davomida ko'plab dasturchilar bilan uchrashdim va ular bilan ishladim - ba'zilari CS darajalariga ega, ba'zilari esa yo'q. Va men shu kungacha faqat CS darajasiga suyanib bir dasturchini ikkinchi dasturchidan farqlay olmadim.”
Mening tajribamga ko'ra, CS darajasiga ega bo'lish sizni boshqa, CS darajasi yo’q, dasturchidan yaxshiroq dasturchi bo'lishingizga kafolat bermaydi.
Ikkinchidan, Mr.Buchalka yana aytadi "Intervyu oluvchu va beruvchi sifatida ko'plab intervyularda bo'lib, sizning oliy ma'lumotli bo’lishingiz, sizni ko’nikma va tajribalaringiz kabilarchalik tarozuda og’irbosmaydi" . Agar siz “software dasturlash” bo'yicha mukammal ko'nikmalarni namoyish qila olsangiz, siz CS darajasiga ega bo'la turib amaliy tajribada sust bo’gan odamga nisbatan katta ustunlikka ega bo'lasiz.
Axir, siz o'zingizning diplomingiz uchun emas, balki kompaniya uchun nima qilishingiz mumkinligi sababidan yollanasiz.
Aytish joizki, agar sizda CS darajasi bo'lmasa va siz unga ega bo'lgan kishiga qarshi bo'lsangiz amaliy tajribangiz u bilan teng bo’lsa, u afzal ariza beruvchi(kandidat) bo'lishi mumkin.
Ishga da'vogarlarni ajratishning biron bir usuli bo'lishi kerak, shunday emasmi?
Ba’zi kompaniyalar barcha da’vogarlardan CS darajasi talab qilshini ko’rgan boolsangiz kerak. Ayniqsa bu bizning yurtda ko’p uchraydi.
Ammo bugungi kunda bu narsa tobora kamdan-kam uchrab bormoqda va buning o’ziga yarasha sabalari bor. Bulardan biri agar ular barcha CS darajasi yo’q kandidatlarni rad qilaversa, dasturchilarning katta havzasini qo'ldan boy beradi.
Bill Geyts va Mark Tsukerberg - bular CS darajasiz katta muvaffaqiyatga erishgan dasturchilarning ikkita misoli. Ammo, bular universitetda o’qishidan oldin katta malakali dasturchi edilar, agar universitetni bitirsalarham oldin bilganlaridan oshiqcha narsa o’rgana olmas edilar.
"So'ngi 35 yil ichida men ko'plab ilmiy darajalarga ega bo'lmagan odamlarni ish bilan ta'minlanganligini ko'rdim. Deyarli barcha hollarda ularni ishga qabul qilinishlarining asosiy sababi bu ularning ko'nikmalari va amaliy tajribasi bo’lgan edi" -deydi Tim.
Xulosa shuki, agar sizda software, mobil ilova yoki veb-sahifa ishlab chiqishning mukammal texnikasi bo'lsa va bularni ko’rsataolsangiz, diplomingiz bor yoki yo'qligi muhim emas.
Bugundan software, web ishlab chiqish qobiliyatlari ustida ishlashni boshlang.
Software, mobil va web sahifa uchun kerak bo'ladigan tilni o’rganing 👇
https://youtube.com/channel/UCpjl5i07dc1awZkcHtNyZag